Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat yordamlari yetkazilmoqda
2026-05-25 17:35:00 / Yangiliklar

Namangan tumanida Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi
Qurbon hayiti munosabati bilan Namangan tumanida ehtiyojmand aholini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan xayr-saxovat tadbirlari oʼtkazilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21 maydagi PQ–196-sonli qarori asosida tuman hokimligi va Vaqf xayriya jamoat fondi hamkorligida “Davlat taʼminotidagi” fuqarolar hamda “Yolgʼiz keksalar” uchun 1205 ta oziq-ovqat toʼplami tayyorlandi.
Аyni kunlarda ushbu yordamlar mahallalar orqali oʼz egalariga yetkazilmoqda. Bayram arafasida koʼrsatilayotgan bunday mehr va eʼtibor keksalar hamda kam taʼminlangan oilalar qalbida mamnuniyat uygʼotmoqda.
Bu kabi ezgu ishlar yurtimizda inson qadri va xalq manfaati ustuvor ekanining yana bir amaliy ifodasidir.
Namangan tuman hokimligi axborot xizmati.









