Tumanda jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar
2026-05-25 12:30:00 / Press-relizlar
Tuman hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni saqlash borasida olib borilgan chora-tadbirlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyatining aholiga murojaati.

Аssalomu aleykum Hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!
Joriy yilda, tuman hududida jamoat havfsizligini taʼminlashga qaratilgan barcha-chora tadbirlar koʼrildi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonilaridan respublikamiz hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratib, bunda ichki ishlar organlari oldiga ham aniq vazifalarni belgilab berganlar.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari,
Bugungi kunda tuman hududidagi jinoyatchilik ahvoli, uni oldini olish, koʼrilayotgan chora-tadbirlar boʼyicha qichqacha axborot bersam.
Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, oldini olish mumkin boʼlgan jinoyatlar -32,6 foizga (43 tadan 29 taga -14 ta) kamaygan,
-mahalla hududida oldini olish mumkin boʼlgan jinoyatlar esa -11,1 foizga (18 tadan 17 taga, -1 ta) kamaygan.
-aniqlanadigan jinoyatlar +40,6 foizga (32 tadan
45 taga, +13 ta) koʼp aniqlanib, jinoyat sodir etib yurgan shaxslarga jazo muqarrarligi taʼminlandi.
Tumanimizdagi 50 ta mahallalardan 36 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yoʼl qoʼyilmadi, 2 ta mahalla qizil toifaga kiritildi, 6 ta mahalla sariq toifaga kiritildi.
Murojaatni toʻliq shakli (docx - 39.8 Kb)
Eʼtiboringiz uchun rahmat.
