Yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanaylik!
2026-05-21 09:25:00 / Press-relizlar
Namangan tuman fermerlari kengashi fermerlarni suv, yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlardan tejamkor foydalanishga, davlat tomonidan yaratilayotgan subsidiya va imtiyozlarning qadriga yetishga chaqirdi. Murojaatda global iqlim o‘zgarishi, resurslar tanqisligi va oziq-ovqat xavfsizligi sharoitida har bir fermerning mas’uliyati yanada ortayotgani ta’kidlangan.

YARАTILGАN IMKONIYAT VА IMTIYOZLАRDАN FOYDАLАNING
Namangan tuman fermerlari kengashining fermerlarga
MUROJААTI
Hurmatli fermerlar!
Bugungi kunda dunyoda global iqlim oʼzgarishi, suv tanqisligi, energiya resurslari narxining oshib borishi hamda oziq-ovqat mahsulotlariga boʼlgan talabning keskin koʼpayishi barcha davlatlar qatori mamlakatimiz qishloq xoʼjaligi sohasi oldiga ham ulkan vazifalarni qoʼymoqda. Аyniqsa, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, ichki bozor barqarorligini saqlash, eksport salohiyatini oshirish, eng muhimi, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Jahonda boʼlayotgan murakkab oʼzgarishlar davrida oʼgʼit va yoqilgʼi moylash materiallari narxlarining oʼsib borayotganligi kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda narxlar barqarorligini taʼminlash va asossiz oʼsishining oldini olish boʼyicha Davlatimiz rahbarining qarorlari hamda Hukumatimizning tegishli chora-tadbirlari asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Soha xodimlarining dastlabki tahlillariga koʼra, asosiy turdagi mineral oʼgʼit va yoqilgʼi narxlari boshqa qator davlatlardagiga nisbatan qariyb ikki barobar arzon boʼlishini taʼminlanayotganligi oʼz-oʼzidan boʼlayotgani yoʼq.
Аziz fermerlar!
Isrofgarchilik — barakaning kushandasi. Ortiqcha suv sarfi, mineral oʼgʼitlarning behuda ishlatilishi, yoqilgʼi isrofi, elektr energiyasidan nooqilona foydalanish — bularning barchasi iqtisodiy zarar keltirishi bilan birga davlatimiz resurslariga ham salbiy taʼsir koʼrsatishini har birimiz bilishimiz darkor.
Namangan tuman fermerlari kengashi rayosati har fermerga mineral oʼgʼit va yoqilgʼi moylash materiallaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanishga hamda yaratilgan imtiyoz va subsidiyalarning qadriga yetishga chaqiradi!
Murojaatning to'liq shakli - (docx-27.2KB)
Murojaatning to'liq shakli - (docx-27.2KB)
Namangan tuman fermerlari kengashi

