Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonliklar 5 kun ketma-ket dam oladi
2026-05-20 12:30:00 / Yangiliklar

Oʼzbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi
Bu yil Qurbon hayiti 27 may – chorshanba kuniga toʼgʼri kelmoqda. Shu munosabat bilan Prezident farmonida barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qoʼshimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.
Natijada ish haftasi turidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun dam oladi.
▪️ 27 may, chorshanba – Qurbon hayiti;
▪️ 28 may, payshanba – barcha uchun qoʼshimcha dam olish kuni;
▪️ 29 may, juma – barcha uchun qoʼshimcha dam olish kuni;
▪️ 30 may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʼshimcha dam olish kuni;
▪️ 31 may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.
Аsos: 2025 yil 24 dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni.


