Namangan tumanida pilla mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda
2026-05-16 10:35:00 / Yangiliklar

Moʼl hosil sari barakali mehnat
Namangan tumanida pilla yetishtirish mavsumi qizgʼin davom etmoqda. Bu yil tumanda 230 tonna pilla topshirish rejalashtirilgan boʼlib, ayni kunlarda xonadonlarda parvarishlangan ipak qurtlaridan olingan hosilni yigʼib olish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilyapti.
Tumanning Beshkapa mahallasida istiqomat qiluvchi Mirxamza Karimov oilasi ham pillachilikda katta tajribaga ega. Ular bu yil 10 quti ipak qurtini mehr bilan parvarishlab, yuqori hosil yetishtirishga erishmoqda. Oila tomonidan ipak qurtlari uchun maxsus qurtxonalar tayyorlanib, barcha parvarish ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Pillachilik sohasidagi bunday saʼy-harakatlar aholi bandligini taʼminlash, oilalar daromadini oshirish va tuman iqtisodiyotini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati






