Namangan tumanida obodonlashtirish ishlari keng quloch yozmoqda
2026-05-17 11:10:00 / Yangiliklar

Namangan tumanida hududlarni obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Аyniqsa, mahallalar, ichki koʼchalar, qabristonlar hamda jamoat joylarida keng koʼlamli hashar tadbirlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
Tozalik tadbirlari davomida ariq-zovurlar tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda, hududlardagi chiqindilar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, qabristonlarda tartib-intizom va ozodalikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hashar ishlarida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda mahalliy aholi faol ishtirok etib, birdamlik va hamjihatlik namunasini koʼrsatmoqda.
Bunday ezgu ishlar orqali nafaqat hududlar obod boʼlmoqda, balki aholi oʼrtasida mehr-oqibat, oʼzaro hurmat va jamoaviy masʼuliyat tuygʼulari yanada mustahkamlanmoqda.
Yurt obodligi va mahallalar fayzini oshirishga qaratilgan bu kabi xayrli tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. Obod va ozoda muhit esa aholiga yuqori kayfiyat bagʼishlab, sogʼlom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati.






