Namangan tumanida aholi murojaatlari tinglandi
2026-05-05 11:50:00 / Yangiliklar

Namangan tumanida aholi murojaatlari tinglandi
Namangan tumanida fuqarolarning muammolarini oʼrganish va ularga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Unda aholi vakillari oʼzlarini qiynayotgan turli masalalar bilan murojaat qilishdi.
Аsosan uy-joyni taʼmirlash, moddiy yordam olish, sogʼliqni tiklash, sihatgohlarga yoʼllanma ajratish hamda kommunal xizmatlarga oid muammolar koʼtarildi.
Mutasaddilar har bir murojaatni alohida koʼrib chiqib, zarur tushuntirishlar berishdi. Аyrim masalalar joyida hal etilgan boʼlsa, murakkabroq muammolar tegishli tashkilotlarga yoʼnaltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday qabullar orqali aholi bilan muloqotni kuchaytirish va muammolarni tezkor hal etish ishlari davom ettiriladi.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati









