Namangan tumanida pillachilik mavsumi qizgʼin pallada
2026-05-05 18:25:00 / Yangiliklar
Namangan tumanida ipak qurti parvarishi agrotexnik talablar asosida samarali tashkil etilmoqda. Hududda jami 3970 quti ipak qurti parvarishlanib, mavsum yakuniga qadar 230 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Pillachilik aholi bandligi va qoʼshimcha daromad manbai yaratishda muhim oʼrin tutmoqda.

Namangan tumanida pillachilik mavsumi faol davom etmoqda.
Hozirgi kunda hududda ipak qurti parvarishiga keng jalb etilgan aholi tomonidan barcha agrotexnik talablar asosida ish olib borilmoqda.
Mazkur jarayon oʼz vaqtida va toʼgʼri tashkil etilgani kelgusida yuqori hosil olishda muhim omil hisoblanadi. Tuman boʼyicha jami 3970 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Mavsum yakuniga qadar 230 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan.
Pillachilik sohasi orqali aholi bandligi taʼminlanib, qoʼshimcha daromad manbalari yaratilmoqda. Shu bilan birga, bu yoʼnalish milliy anʼanalarni asrab-avaylashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati







