Pomidor hosili kushandasi — zang kanasi va uning xavfli oqibatlari
2026-04-24 13:45:00 / Press-relizlar

Pomidorning boʼgʼimayoqli zararkunandasi – zang kana
Pomidor zang kanasi juda mayda, oddiy koʼz bilan koʼrib boʼlmaydigan bogʼimayoqli jonivor hisoblanadi.
Nimfasi 100 mk, yetuk zoti esa 135-160 mk keladi. Rangi sargʼish-qizgʼish, tanasi choʼziq silindrsimon, orqa uchi tukchalar bilan yakunlangan, 2 juft oyoqlari bor. Rivojlanishi va tarqalishi Pomidor zang kanasi yil davomida rivojlanishi mumkin. Ochiq yerdagi ekinlardan kuzda issiqxonalarga oʼtib rivojini davom ettiradi. Koʼp qismi yozda qaerda rivojlangan boʼlsa, oʼsha yerda qishlab qoladi. Yerning ustki qatlamida, xas-choʼplar orasida nimfa holatida qishlaydi. Zararlanadigan oʼsimliklar:Аsosan pomidor va kartoshka, undan keyingi oʼrinlarda qora va qizil ituzum, qoʼypechak, baqlajon zararlanadi.Barglar va novdalarda zararlanish pastdan boshlanadi, asta-sekin yuqoriga tarqaladi. Zararlangan novda qoʼngʼir tusga ega boʼlib silliqlashadi, barglarida sariq dogʼlar paydo boʼladi, umumiy tusi qoʼngʼirga aylanadi.
Mevalarga taʼsiri:Kichik gul va mevalar qurib toʼkilib ketadi Yirik mevalarda toʼr singari racm paydo boʼlib, tirishib yoriladi Mevaning sifati va koʼrinishi yoʼqoladi, qisman chiriy boshlaydi Qattiq zararlangan oʼsimlik 100% hosil bermaydi.
Namangan viloyati Oʼsimliklar karantin va ximoyasi boshkarmasi
Namangan tuman
inespektori: А.Egamberdiev
