Bodring yetishtirish va yuqori hosil olish boʼyicha mutaxassis tavsiyalari
2026-04-24 14:10:00 / Press-relizlar

Bodring qanday yetishtiriladi?
Uning sifati va hosildorligini oshirishda nimalarga ahamiyat qaratish lozim?
Bodring yetishtirishda avvalo uning naviga ahamiyat qaratish lozim.
Masalan, Ranniy-645, Oʼzbekiston-740, Zilol, Parad, Navroʼz va Gollandiya F1, duragaylaridan Аlibi, Regal, Superina navlari bizning iqlimga mos keladi.Ekiladigan bodring urugʼi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʼrtacha kattalikda, butun, vazndor va zararlanmagan boʼlishi zarur. Urugʼlar ekish oldidan iliq suvda 1-2 soat ivitib qoʼyiladi. Ekin uchun tanlangan maydon avvalgi ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan tozalanadi. Ekilgan urugʼ palla barg va chinbarg davriga kirgandan keyin yagana qilinadi. Qator oralarini 15-16 sm chuqurlikda oʼsimlik atrofi bilan yumshatib turish, mineral ozuqa va suv berib borish kerak. Har 2-3 sugʼorishdan keyin qator oralari yana 15-16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Bodring mevalari 9-12 sm dan katta boʼlgandan boshlab yigʼib-terib olishga kirishiladi. Bu jarayonda bodring novdalariga zarar yetkazmaslik lozim. Vaqtida terib olinmagan bodringlar sargʼayib ketadi.
Namangan viloyati Oʼsimliklar karantin
va ximoyasi boshkarmasi Namangan tuman
inespektori: G.Kodirov
