Jinoyatchilikka qarshi kurash – tinchlik va taraqqiyot garovi
2026-04-24 13:20:00 / Press-relizlar

Namangan tuman prokurori X.Sh.Shuxratjonovning
MUROJААTNOMАSI
Аziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muxtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli koʼrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli oʼzgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin oʼsib borayotganiga har
birimiz bird yek guvoh ham boʼlmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, oʼzgarishlar samarador boʼlishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishlaridan biri darajasiga koʼtardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda
qonun talablariga soʼzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bogʼliqdir.
Аziz Namangan tuman ahli!
Oʼzbek vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador boʼladimi, barcha - barcha, Oʼzbekistonimizda tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan taьminlangan, uning hayoti
har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan boʼlishi shart.
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib boʼlmaydi.
“Yangi Oʼzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka
qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Hujjatning to'liq shakli (docx-39.8KB)
