Namangan tumanida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
2026-04-22 14:25:00 / Yangiliklar

Seminar davomida Prezidentning PF-189-son Farmoni, PQ-320-son va VMQ-849-son qarorlariga asosan ishlab chiqilgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” (aileaders.uz) loyihasini keng joriy qilish, yoshlarni jalb etish hamda davlat xizmatchilarini sun’iy intellekt yo‘nalishida o‘qitish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga aileaders.uz hamda omp.aistudy.uz platformasi orqali o‘qitish jarayonlari va amaliy topshiriqlar bilan tanishish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🧠 Nimalar muhokama qilindi?
✅ aileaders.uz va omp.aistudy.uz platformalari
✅ Davlat xizmatchilari va yoshlarni SI yo‘nalishida o‘qitish
✅ 2026-yilga mo‘ljallangan vazifalar
📌 Maqsad – 2026-yilda Namangan tumanida sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati





