Mahalla yettiligi — xalq manfaati yo‘lida samarali tizim
2026-04-07 12:45:00 / Yangiliklar

Namangan tuman hokimligida mahalla fuqarollar yig‘inlari yettiligi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil va muhokama qilindi.
Uyushmaga mahalladagi "yettilik" a’zolarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish vazifalari yuklatildi.
“Mahalla yettiligi” tizimi yaratilmasidan oldin mahallani ishsizlik, kambag‘allik yoki jinoyatchilik va oilaviy ajrimdan holi hududga aylantirish degan tushuncha yo‘q edi. Bugungi kunda mahalla raisi “yettilikka” bosh-qosh bo‘lib, aholini qiynab kelayotgan masalalar bilan kundalik shug‘ullanmoqda, qaysi xonadonga yordam berish, qaysi ko‘chani ta’mirlash, qayerga daraxt ekish, kimni oilasi notinch, kim ishsiz yoki bo‘lmasa kim chet elda migrant bo‘lib yuribdi, ular bilan qanday ishlash kerak – shu kabi barcha masalalarni jamoasi bilan kelishib, hal qilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida mahallalarda “yettilik” a’zolari hamkorligida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Natijada qator mahallalarda ishsizlik darajasi pasaydi, kambag‘allik qisqardi, jinoyatchilik kamaydi.
Yig‘ilishda tuman hokimi, mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi raisi Sadritdin Mo‘minov mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha tahlil qilib, “yettilik” faoliyatini samarali tashkil qilishda mavjud muammolarning yechimi, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”dagi muhim vazifalarga alohida to‘xtaldi.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati









