Namanganda bolajonlar uchun yana bir zamonaviy maskan ish boshladi!
2026-03-27 11:55:00 / Yangiliklar

Xo‘jaqishloq MFYda yangi hususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Namangan tumanida joylashgan Xo‘jaqishloq MFY hududida “Panda” nomli xususiy-davlat sherikchiligi asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbirda tuman hokimi, mahalla nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan mazkur ta’lim muassasasining ishga tushirilishi hududdagi bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Yangi tashkil etilgan muassasa zamonaviy talablar asosida jihozlangan bo‘lib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu esa yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini erta shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadbir so‘nggida nuroniylar tomonidan mazkur xayrli ishga qo‘l urgan tashabbuskorlarga minnatdorlik bildirilib, bolajonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuksak baholandi.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati.









