Asosiy e’tibor – dalaga! Namanganda 4900 gektar maydonga chigit qadalmoqda
2026-03-28 13:45:00 / Yangiliklar

Asosiy e’tibor dala ishlariga
Namangan tumanida joriy yilda 4900 gektar maydonda paxta yetishtiriladi. Ayni kunlarda chigit ekish eng dolzarb tadbirga aylangan.
Bugun tumandagi barcha fermer xo‘jaligining dala shiyponida shtab a’zolari va otryad rahbarlari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.Unda tuman hokimi Sadritdin Mo‘minov mavsumni uyushqoqlik va tezkorlikda olib borish, aprel oyining birinchi o‘n kunligida ekishni yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berishdi.
Shuningdek, "Agrobank" tuman bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklariga 100 ming tup tut ko‘chatlari tarqatildi. Bu ko‘chatlar nafaqat pilla yetishtirishda, balki g‘o‘zani zararli hashoratlardan asrashda ham himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi, shu bilan birga qo‘shimcha daromadga ham zamin yaratadi.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati.






