Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-03-31 13:15:00 / Yangiliklar
Namangan tumani Halq qabulhonasi binosida aholi vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Muloqot davomida uy-joy ta’miri, moddiy yordam, davolanish, sihatgohga yo‘llanma olish, kommunal sohalar bo‘yicha masalalar o‘rtaga tashlandi. Kelib tushgan murojaatlar yechimi qabul ishtirokchilariga tushuntirilib, har bir masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish va muammolarni amaliy hal qilish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
Namangan tuman hokimligi
axborot xizmati.






