Navro‘z sayli - Shukronalik
2026-03-26 11:05:00 / Yangiliklar
Tadbirning ikkinchi kunida Navro‘z sayli va “Shukronalik” shiori ostidagi bayram tadbirlari Katta Toshbuloq MFYda ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Namangan tumanidagi “Katta Toshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan mazkur festival yurtimizga xos fayz-u tarovat, milliy ruh va bayramona muhit bilan ajralib turibdi. Tadbirda respublika ishchi guruhi vakillari, mahalla ahli, nuroniylar hamda yoshlar faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborni yana bir bor namoyon etmoqdalar.
Bayram doirasida: milliy liboslar namoyishi, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi, aholi uchun an’anaviy palov damlanib tarqatildi. Shuningdek, konsert dasturlari bayramga yanada ko‘rk bag‘ishlab, ishtirokchilarga unutilmas kayfiyat ulashmoqda.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati.









