Namangan tuman prokurori X.Sh.Shuxratjonovning MUROJAATNOMASI
2026-03-26 12:30:00 / Press-relizlar

Namangan tuman prokurori X.Sh.Shuxratjonovning
MUROJAATNOMASI
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!.
Muxtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin o‘sib borayotganiga har birimiz bird yek guvoh ham bo‘lmoqdamiz. Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar. Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Aziz Namangan tuman ahli!
O‘zbek vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador bo‘ladimi, barcha - barcha, O‘zbekistonimizda tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan bo‘lishi shart. " hujjat to'liq fayli docx - 40 kb "
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati
