Yangi O‘zbekiston qiyofasi har bir inson taqdirida namoyon
2026-01-26 13:50:00 / Yangiliklar
Muhtaram Prezidentimizning e’tiborlari tufayli Namangan tumanidan ikkita mahalla "Ko‘l bo‘yi" va "Namuna" mahallalari Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalarga aylanadi

Buning uchun mazkur hududlarga 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilgan.
Yurtboshimiz rahbarliklarida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida ana shu yangi loyihalarni xalq bilan bahamjihatlikda amalga oshirish topshiriqlari berildi.
Bugun tuman hokimi Sadritdin Mo‘minov ushbu mahallalar aholisi bilan uchrashib, asosiy muammolar haqida maslahatlashildi, taklif, mulohazalar bildirildi. Ishlarni sifatli bajarilishi faollar tomonidan nazorat qilib boriladi. Har bir xonadonda obodonlashtirish ishlari olib borish orqali bajariladigan ishlar yanada salmoqli bo‘lishi tushuntirildi.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati









