Murojaatnoma – xalq e’tiborida
2026-01-21 09:10:00 / Yangiliklar
Bugun Katta Toshbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda 13 yanvar kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini Namangan tumanida tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat hujjatlarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, ta’lim tizimi oldidagi yangi vazifalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi. Qatnashchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amaliy taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Maqsad — Prezident belgilab bergan strategik vazifalarni joylarda samarali tatbiq etish, ta’lim sifatini oshirish va yoshlar faolligini kuchaytirish.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati.









