семинарлар таълим муассасаларида
2026-01-06 10:00:00 / Yangiliklar
Namangan tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog va texnik xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojjatnomalari yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan seinarlar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E.Ermirzayev hamda 12 nafar ijtimoiy fan o‘qituvchilari tomonidan olib borilib, davlatimiz rahbarining murojaatnomalarining mazmun-mohiyati, xususan, 2025-yilda iqtisod, ta’lim, sport va boshqa turli sohalarda erishilgan yutuqlar hamda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da belgilangan 6 ta asosiy vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun: mazkur seminarlar ta’lim muassasalarida 9-yanvar kuniga qadar davom etadi.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati






