YANGI YIL SHODIYONALARI BOLALARGA QUVONCH ULASHMOQDA
2025-12-29 10:00:00 / Yangiliklar
Namangan tumanida bolajonlarimiz uchun bo’lib o’tgan bayram dasturi ham ko’tarinki kayfiyat, yorqin taassurotlar ostida o’tdi

Tadbirni Namangan tuman xokimi Mo'minov Sadriddin ochib berdi va bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.
Mazkur bayram tadbiriga 19 nafar bolalar taklif etildi. Ularga o'quv qurollari va shirinliklardan iborat bo'lgan “Prezident sovg'a”lari tantanali topshirildi.
Eng quvonarlisi, bu yilgi sovg'alar bilan birga 09-18 yoshdagi bolalarning har biriga tijorat bankida omonat hisobvarag'lari ochilib, 500 AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar taqdim qilindi.
Bayram sovg'alari esa bolajonlarga yanada ko'tarinki kayfiyat taqdim etdi.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati








