Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning burçimiz
2026-11-06 11:15:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlaş, davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflikni kuçaytiriş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini işonçli himoya qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi ÖRQ-419-sonli "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida"gi Qonuni korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişga qaratilgan. Mazkur Qonun korrupsiyaning oldini oliş, unga imkon beruvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.
Korrupsiya nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki jamiyatda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga ham salbiy ta’sir körsatadi. Şu bois unga qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi emas, balki davlat organlari, taşkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va har bir fuqaroning umumiy mas’uliyatidir.
Ayniqsa, iqtisodiyot va moliya sohasida mablağlardan maqsadli va samarali foydalaniş, byudjet intizomiga qat’iy rioya qiliş, davlat xaridlarida şaffoflikni ta’minlaş hamda mansab vakolatlaridan şaxsiy manfaatlar yölida foydalanişga yöl qöymaslik muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonunçilikda korrupsiyaga qarşi kuraşişning asosiy prinsiplari belgilab berilgan. Ularning mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, qonuniylik, fuqarolar huquq va erkinliklarining ustuvorligi, oçiqlik va şaffoflik, tizimli yondaşuv hamda korrupsiyaning oldini oliş çoralarining ustuvorligiga amal qiliş har bir taşkilot faoliyatining muhim mezoni bölişi lozim.
Korrupsiyaning oldini olişda jamoatçilik nazorati ham muhim örin tutadi. Fuqarolarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, qonunbuziliş holatlariga befarq bölmaslik jamiyatda soğlom muhit qaror topişiga xizmat qiladi. Qonun fuqarolar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va nodavlat notijorat taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi kuraşişda iştirokini ham nazarda tutadi.
Şuningdek, har bir davlat xizmatçisi öz xizmat vazifalarini vijdonan va halol bajarişi, mansab vakolatlaridan şaxsiy manfaat yölida foydalanmasligi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olişga mas’uliyat bilan yondaşişi zarur.
Tuman Iqtisodiyot va moliya bölimida ham korrupsiyaning oldini oliş, byudjet mablağlaridan oqilona va maqsadli foydalaniş, moliyaviy intizomni mustahkamlaş, xizmat vazifalarini bajarişda qonuniylik va şaffoflik tamoyillariga rioya etiş muhim vazifalardan biri sifatida qaraladi.
Zero, korrupsiyaga qarşi kuraşişda eng samarali yöl — uning oqibatlari bilan emas, balki kelib çiqiş sabablari bilan kuraşişdir. Buning uçun har bir sohada oçiqlikni ta’minlaş, qarorlar qabul qiliş jarayonini şaffof taşkil etiş, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarşi kuraşiş — bu faqat qonun talabini bajariş emas, balki jamiyat kelajagi uçun mas’uliyatni his qilişdir. Har birimiz öz vazifamizga halol va vijdonan yondaşsak, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga amal qilsak, korrupsiya uçun şaroit qolmaydi.
Korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabat — yuksak huquqiy madaniyat, halol mehnat va adolatli jamiyatning muhim asosidir.
Asilbekov Akjol Asilbekoviç
Tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi boshliğining örinbosari
