Navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-10-06 10:40:00 / Yangiliklar

Bugun Tomdi tumani hokimligida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimi Orzumurod Umarov hamda tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar turli masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonun doirasida hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
