Tomdi tumanida tadbirkorlar bilan o‘quv-seminar va ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-19 10:25:00 / Yangiliklar

Tomdi tumanida tadbirkorlar bilan o‘quv-seminar va ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun Tomdi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznes subektlari uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan PF–100-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-seminar va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Qahramon Xolmo‘minov, Savdo-sanoat palatasi vakillari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik subektlarinining muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish hamda biznes yuritish uchun yanada qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir tadbirkorlik subektlari bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini tezkor hal etish va hududda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim muloqot maydoniga aylandi.





