tumani hokimi 10-sonli maktabning 132 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi bilan tanishdi
2026-06-18 15:30:00 / Yangiliklar

Bugun, Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov va tuman prokurori Oybek Kurbonov “Ayaqquduq” OFY Qulimbet ovulida bo‘lib, 10-sonli maktab hududida Investisiya dasturi asosida barpo etilayotgan 132 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi bilan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish ishlarining sifati, amalga oshirilish sur’ati hamda ob’yektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.





