“Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari”
2026-06-17 18:25:00 / Yangiliklar

“Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida Tomdi tumanida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Ana shunday loyihalardan biri — “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” dasturi doirasida ijodiy guruh a’zolari ishtirokida mazmunli uchrashuv va ko‘ngilochar dastur tashkil etildi.
Unda yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan chiqishlar namoyish etildi.






