Tomdi tumani hokimi “NurLiQum-Mining” qo‘shma korxonasida
2026-04-29 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun, Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov “Ayaqquduq” OFY hududida joylashgan “NurLiQum-Mining” qo‘shma korxonasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayramona dasturxon yozilib, soha fidoyilariga samimiy tabriklar yo‘llandi.
Shuningdek, mehnatkash xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning mas’uliyatli va sharafli mehnati alohida e’tirof etildi.



