Tashabbusli budjet doirasida seminar-trening tashkil etildi
2026-02-17 14:55:00 / Yangiliklar

Tashabbusli budjet doirasida seminar-trening tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ–264-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ–280-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yildan boshlab tashabbusli budjet doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etilmoqda.
Shu munosabat bilan, Tomdi tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan mahalla raislari hamda faollari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish tartibi, loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


