Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosi – ma’naviyat xazinasi” mavzusida seminari tashkil etildi.
2026-02-12 14:35:00 / Yangiliklar

Bugun, Tomdi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 12-umumta’lim maktabida viloyat hokimligining 2026-yil 31-yanvardagi 16-01/4-sonli yig‘ilish bayoni 7-ilovasi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligini keng nishonlash maqsadida tuzilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosi – ma’naviyat xazinasi” mavzusida seminari tashkil etildi.
Seminarda Tomdi tuman hokimi o‘rinbosari N.Beknazarov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Tomdi tuman bo‘linmasi rahbari M.Samatov, tuman MMTB mudiri M.Kuljanov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis Sh.Shodiyeva, umumta’lim maktab direktorlari, maktab direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Seminar dasturi bo‘yicha 12-maktab tarix fani o‘qituvchisi G.Jarimbetova “Amir Temur” mavzusida ochiq dars, 6-maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi S.Oydinov “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida ochiq to‘garak dars, 12-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi U.Serikbayeva “Ikki buyuk daho merosi-ma’naviyat gultoji” mavzusida ochiq dars, 4-maktab kutubxonachisi Pulmirzayeva To‘xtargul “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etdilar.Seminar so‘ngida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosi-ma’naviyat xazinasi” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar ikki buyuk zotning g‘azallari va ruboiylaridan yod aytishib, asarlaridan parcha sahnalashtirdilar.
Seminar barcha yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.









