"Sun’iy intellekt” mavzusida seminar tashkil etildi.
2026-04-16 17:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 12-sonli umumta’lim maktabda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va aholining raqamli savodxonligini oshirish maqsadida “my.gov.uz" Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Sun’iy intellekt” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarni tuman hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi B.Uzaxbayev, tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Totliyev hamda Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Q.Nasullayev olib bordilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga
🔹 my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari
🔹 Onlayn xizmatlarning qulayliklari va afzalliklari
🔹 Sun’iy intellekt tushunchasi va uning kundalik hayotdagi o‘rni
🔹 Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari
atroflicha tushuntirib berildi.



