Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-05-22 15:35:00 / Yangiliklar

Bugun, Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda ijro intizomini mustahkamlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, “Ish bering” kanaliga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham mas’ullarning axborotlari eshitilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berildi.


