Tomdi tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-27 13:55:00 / Yangiliklar

Tomdi tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 27-aprel kuni Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
Sessiya davomida tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullar axborot berib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.



