Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov rahbarligida korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
2026-03-13 15:05:00 / Yangiliklar

Bugun, tuman hokimligida Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov rahbarligida korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Unda 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo'ylab o'tkaziladigan umumxalq hasharini munosib tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga asosan hashar tadbirlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o'tkaziladi.
Yig'ilish davomida hasharni uyushqoqlik bilan tashkil etish, hududlarni obodonlashtirish va tozalik ishlarini kuchaytirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


