Qurbon hayiti bayrami
2026-05-27 06:00:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
Avvalo, Siz azizlarni, Sizlar orqali butun oila a’zolaringizni muborak ayyom Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Muborak Qurbon hayiti xalqimizning ko‘p asrlik milliy va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, mehr-oqibat, saxovat, insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlarini yanada mustahkamlaydigan qutlug‘ bayramdir.
Bu muborak ayyom yurtimizda o‘zaro hurmat va ehtiromni, ahillik va hamjihatlikni kuchaytirib, qalblarimizga ezgulik va shukronalik tuyg‘ularini olib kiradi. Ayniqsa, yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, nuroniylar holidan xabar olish, mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi savobli amallar ushbu bayramning ezgu mohiyatini yanada yuksaltiradi.
Xalqimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga fayzu baraka, quvonch va xotirjamlik olib kirsin.
Shu muborak kunlarda barcha tumandoshlarimizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman.
Sizlarga va butun el-yurtimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik tilayman.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Tomdi tuman hokimi
Orzumurod Umarov
