Suketti OFYda investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-10-16 15:45:00 / Yangiliklar

Suketti OFYda investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Juru, WSP va Sojitz kompaniyalarining investorlar guruhi Suketti ovul fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalla xodimlari bilan bir qator suhbatlar o‘tkazdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi hududda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investisiya loyihalari haqida mahalla ahliga ma’lumot berish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda aholi ehtiyojlari va muammolarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Suhbatlar davomida mahalla xodimlari hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, mavjud muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Investorlar esa rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berib, infratuzilmani yaxshilash, ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar bilan tanishtirishdi.



