Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasi loyihasi muhokama qilindi
2026-06-10 13:55:00 / Yangiliklar

Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasi loyihasi muhokama qilindi
Bugun Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov Juru kompaniyasi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Tomdi tumanining Suketti OFY hududida qurilishi rejalashtirilayotgan shamol elektr stansiyasi loyihasi yuzasidan amaliy masalalar muhokama qilindi. Xususan, ob’yektni elektr va boshqa muhandislik tarmoqlari bilan ta’minlash uchun tarmoqlar tortiladigan hududlarni o‘rganish ishlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar loyihani amalga oshirish jarayoni, infratuzilmani rivojlantirish hamda qurilish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha fikr almashdilar.
Mazkur loyiha hududning energetika salohiyatini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.



