“Yashil makon” tashabbusiga yangicha nigoh
2026-04-06 10:25:00 / Yangiliklar

Bugun atrof-muhitni asrash va tabiat bilan uyg‘unlikda yashash insoniyat oldidagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Iqlim o‘zgarishi, havo ifloslanishi kabi muammolar barcha davlatlarni jiddiy choralar ko‘rishga undayotgan bir paytda, yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy tashabbusi alohida ahamiyatga ega.
Mazkur tashabbus orqali yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda. Bu nafaqat tabiatni tiklash, balki shahar va qishloqlarimizni yanada go‘zal va obod qilishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu jarayon odamlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, tabiatga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatni kuchaytirmoqda.
Ayniqsa, yosh avlodning ushbu ezgu ishlarga jalb etilayotgani quvonarli. Chunki ekologik madaniyat aynan shugundan shakllansa, ertaga uning samarasi yanada yuqori bo‘ladi. Har bir ekilgan daraxt — bu kelajakka qilingan investisiya, har bir parvarishlangan nihol esa sog‘lom muhit garovidir.
Shu jihatdan qaraganda, “Yashil makon” tashabbusi faqat bir loyiha emas, balki umumxalq harakatiga aylanib bormoqda. Unda har birimiz faol ishtirok etsak, kelajak avlodga yashil va musaffo tabiatni meros qilib qoldiramiz.
Tuman hokimi o‘rinbosari
oila va xotin-qizlar bo‘limi
boshlig‘i A.Dospanbetova
