Jinoyat qonunchiligida yarashuv instituti
2026-01-15 17:05:00 / Yangiliklar

Jinoyat qonunchiligida yarashuv instituti
Yarashuv to‘g‘risida ish yuritish mumkin bo‘lgan jinoyat tarkiblari Jinoyat kodeksining 66/1-moddasida tugal keltirilgan bo‘lib, uning doirasi kengaytirib talqin etilishi mumkin emas. Bular quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeks 105-moddasining birinchi qismida, 106-moddasida, 107-moddasida, 108-moddasida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 117-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 122-moddasida, 123-moddasida, 125-moddasining birinchi qismida, 1261-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 136-moddasida, 138-moddasining birinchi qismida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1411-moddasining birinchi qismida, 1412-moddasining birinchi qismida, 143-moddasida, 148-moddasida, 149-moddasida, 167-moddasining birinchi qismida, 168-moddasining birinchi qismida, 169-moddasining birinchi qismida, 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining «b» va «v» bandlarida, 172-moddasida, 173-moddasining birinchi qismida, 180-moddasida, 181-moddasida, 1852-moddasida, 189-moddasida, 191-moddasida, 192-moddasida, 229-moddasida, 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 257-moddasining birinchi qismida, 258-moddasining birinchi qismida , 259-moddasining birinchi qismida, 260-moddasining birinchi qismida, 266-moddasining birinchi qismida, 268-moddasining birinchi qismida, 277-moddasining birinchi qismida, 298-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashishganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Jinoyat qonunchiligiga ushbu institutning kiritilishi jinoiy huquqiy munosabatlarni erkinlashtirishda samarali vosita hisoblanadi. Yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatish uchun asos bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining raisi Aziza Mirzayeva.



