TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA YOSHLAR KELAJAGI MUHOKAMA MARKAZIDA
2026-05-19 10:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda maktab bitiruvchilari hamda umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining apro.uz test bazasida ishlash holati tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarni ta’limga keng jalb etish, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, o‘quvchi-yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ta’til davrida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda o‘quvchi-yoshlarni turli fan olimpiadalari va sport to‘garaklariga keng jalb qilish orqali ularning bilim va qiziqishlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bu borada maktab direktorlarining mas’uliyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida tuman hokimi maktabda tashkil etilgan "Kamalak" bolalar yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasidagi shart-sharitlarni ko‘zdan kechirdi.









