Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-07 11:05:00 / Yangiliklar

Seminarda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman hokimi o‘rinbosari J.Radjabov, tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi xodimlari, shuningdek, mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yoshlar bilan ishlash borasidagi ilg‘or tajribalar taqdimot orqali namoyish etildi. Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Seminar jarayonida tuman hokimi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir mahallada yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Ta’kidlanganidek, bunday seminarlar tajriba almashish, samarali ish usullarini ommalashtirish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.







