“O‘zbekiston” mahallasida muhim muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-05-01 16:45:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida mahallada istiqomat qiluvchi ikki nafar voyaga yetmagan bolaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holati keskin tanqid ostiga olindi. Mazkur holat yuzasidan mas’ullar tomonidan atroflicha muhokama olib borilib, bunday ko‘ngilsiz voqealarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilindi.
Yig‘ilishda so‘z olganlar bunday holatlarning oldini olishda nafaqat mas’ullar, balki keng jamoatchilik ham faol bo‘lishi lozimligini qayd etdilar. “Har bir fuqaro atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmasligi, ayniqsa bolalar taqdiri bilan bog‘liq masalalarda tomoshabin bo‘lib turmasligi kerak”, — deya ta’kidlandi.
Tadbir yakunida mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, voyaga yetmaganlar xavfsizligini ta’minlash hamda bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.




