Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga e’tibor qaratilmoqda
2026-05-01 14:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda mazkur muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Bolalar uchun yaratilgan muhit, ularning kundalik ehtiyojlari, ta’lim va tarbiya jarayonlari mas’ullar tomonidan sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar bolalarning sog‘lom va har tomonlama barkamol voyaga yetishlari uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, yaqinda bolalar uyiga olib kelib joylashtirilgan D.B. hamda S.M. bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Ularning qiziqishlari, orzu-maqsadlari, kelajak rejalari haqida suhbatlashildi. Mas’ullar bolalarning ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatga moslashuvini yengillashtirish borasida zarur tavsiyalar berdilar.




