Chorvachilikda sanitariya oyligi
2026-04-20 16:55:00 / Majlislar

Chorvachilikda sanitariya oyligi
Joriy yilning 18-aprelidan 18-mayiga qadar mamlakatimizda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilingani munosabati bilan joylarda keng ko‘lamli targ‘ibot va amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Mazkur oylik chorva hayvonlari salomatligini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda fermer va chorvadorlar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.
Shu maqsadda tuman hokimligida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlar, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, viloyat hokimi o'rinbosari B.Jabborov, tegishli tashkilot mutaxasislar ilmiy tadqiqot instituti vakillari, professor o'qituvchilar qatnashdi. Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan ekologik o‘zgarishlar va iqlim ta’siri natijasida chorva hayvonlari orasida yangi kasalliklar paydo bo‘layotgani, xususan, oqsil (yashur) kasalligining tarqalish xavfi ortib borayotgani haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbirda veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilishning ahamiyati alohida qayd etildi. Jumladan, fermalarga kirish joylarida dezinfeksiya vositalarini tashkil etish, begona shaxslar va transport vositalari harakatini cheklash, hayvonlarni toza va qulay sharoitda saqlash, sifatli ozuqa hamda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash zarurligi tushuntirildi.
Tadbir yakunida fermer va chorvadorlarga chorva salomatligini saqlashda tozalik, tartib-intizom va veterinariya talablariga rioya qilish eng muhim omil ekani yana bir bor eslatildi.
Mazkur oylik doirasida hududlarda shunday seminar va targ‘ibot tadbirlarini davom ettirish rejalashtirilgan.



