43-mktabda O'zJOKU kutubxonasi ochildi
2026-04-14 16:10:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida professor 43-mktabda o‘qituvchi-pedagoglar va o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. U yoshlarning bilim olish jarayonida duch kelayotgan muammolari, mavjud sharoitlar va ularni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarini diqqat bilan tingladi. Ayniqsa, zamonaviy bilim manbalariga bo‘lgan ehtiyoj, kutubxona fondini boyitish va qulay o‘quv muhiti yaratish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja maktab kutubxonasini yanada boyitish maqsadida kutubxonasidan jahon adabiyoti durdonalari hamda badiiy asarlarni olib kelishga va’da berdi. Mazkur tashabbus doirasida allaqachon 400 dan ortiq sara adabiyot namunalari maktab kutubxonasiga topshirilgani alohida ta’kidlandi. Bu kitoblar yosh avlodning ilm olishiga xizmat qilishi, ularning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Maktab jamoasi, o‘qituvchilar va o‘quvchi yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi. Ular, ayniqsa, yoshlar ta’limiga berilayotgan e’tibor va ishonchni yuksak qadrlashlarini ta’kidlashdi. Yoshlar esa o‘z navbatida, bildirilayotgan ishonchni a’lo o‘qishlari, intilishlari va bilimlari bilan oqlashga va’da berishdi.
Mazkur tashrif ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning kelajagiga bo‘lgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.









