Zamonaviy uy-joylar – farovon hayot sari muhim qadam
2026-04-11 10:45:00 / Yangiliklar

Mazkur turar joyning birinchi qavatida aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida 6 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ekti ham tashkil etilgan.
Uylarning ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Isroil Jabborov, mehnat faxriysi To‘xta Xudoynazarov, shuningdek mutasaddi rahbarlar, faollar, jamoatchilik vakillari va nuroniylar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tib, yangi xonadon egalariga samimiy tilaklar bildirdilar. Yig‘ilganlar tantanali ravishda uy egalari qo‘liga kalitlarni topshirar ekan, ularning yangi maskanlarida tinchlik, farovonlik va baxt-saodat tiladilar.
Marosim ramziy lenta kesish bilan davom etdi. Shundan so‘ng mehmonlar yangi foydalanishga topshirilgan xonadonlardan biri — Dosaton Vosiyev xonadonida mehmon bo‘lib, ezgu duolar qildilar. Samimiy suhbatlar, iliq tilaklar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Mazkur uy-joylar 2024–2026 yillar davomida barpo etilgan bo‘lib, barcha xonadonlar fuqarolarga tijorat asosida realizatsiya qilingan. Bu esa hududda zamonaviy turar joylarga bo‘lgan talab tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, tuman markazini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar ham izchil davom etmoqda. Xususan, bosh reja va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq, umumiy qiymati 90 milliard so‘mlik loyiha doirasida yana 3 ta 9 qavatli uy-joy (har biri 84 xonadondan iborat, jami 252 ta xonadon) hamda 18 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qurib bitkazish rejalashtirilgan.
Bunday bunyodkorlik ishlari hududning qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Yangi uylar – yangi hayot, yangi imkoniyatlar demakdir!









