📌 Yoshlar qalbida tarix va vatanparvarlik tuyg‘ulari mustahkamlanmoqda
2026-04-09 15:30:00 / Yoshlar siyosati

📌 Yoshlar qalbida tarix va vatanparvarlik tuyg‘ulari mustahkamlanmoqda
Mamlakatimizda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan yurtimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilib, buyuk ajdodimizning boy tarixiy merosi hamda davlat boshqaruvi tajribasi yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilinmoqda. 🇺🇿
Shuningdek, 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar ham izchil o‘tkazilmoqda. Bu kabi tashabbuslar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ayni kunlarda Toyloq tumani tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan ham hududda turli bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Toyloq tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari Akmal Mirzoyev hamda tuman hokimligi bosh yuristkonsulti Mirjalol O‘ktamov tomonidan 23-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Amir Temur merosi, mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda o‘quvchilarning savollariga javob berilib, ularni bilim olishga intilish va Vatanga sadoqat ruhida yashashga da’vat etildi. ✨
Tadbir yakunida maktabning moddiy-texnika bazasi hamda qurilayotgan qo‘shimcha sinfxonalar bilan ham tanishildi.




