Rahbar va yoshlar uchrashuvi
2026-03-19 10:45:00 / Yangiliklar
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tumandagi 44-sonli umumta’lim maktabining 10–11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi yoshlarning erishayotgan yutuqlari, kelajakdagi maqsad va orzulari, shuningdek oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun olib borayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan qiziqdi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javob oldilar. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi.
Tuman hokimi yoshlarni bilim olishga, o‘z ustida tinimsiz ishlashga hamda kelajakda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga undadi.









