Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami
2026-03-16 16:50:00 / Yangiliklar
Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan “Kelajak soati” dars mashg‘ulotining navbatdagi mavzusi Navro‘z bayramiga bag‘ishlandi.

Mazkur dars davomida o‘quvchilarga Navro‘zning tarixiy ildizlari, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni hamda uning insonlar hayotidagi ma’naviy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar bilan Navro‘zga xos urf-odatlar, milliy taomlar hamda bayramning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida ham fikr almashildi.
“Kelajak soati” dars mashg‘uloti o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini yanada boyitib, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va yurtga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.





