Toyloq va Xitoy hamkorligining yangi bosqichi
2026-01-23 09:10:00 / Yangiliklar
Bugun Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Buning uchun investitsiya jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarga qo‘l urilmoqda.

Xususan, xalqaro hamkorlik yo‘lida ham muhim qadamlar tashlanmoqda. Tuman rivojlanishiga qiziqish bildirgan Xitoylik investorlar delegatsiyasi kuni kecha tumanimizda bo‘ldi. Mehmonlarni tuman hokimi Behzod Raxmatullayev va masʼullar samimiy kutib oldilar.
Uchrashuv davomida tomonlar suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, elektr-energiyasini tejovchi innovatsion g‘oyalar, ilg‘or texnologiyalar va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.


